Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda ayol kishining davlat rahbarligiga saylanish imkoniyati xususida berilgan savolga hazil bilan javob berib, «prezident Putin barcha savollarga allaqachon javob berib bo‘ldi», degan.
Shundan so‘ng, u «Nima uchun siz, Qozog‘istonda ayol kishi prezident bo‘la olmaydi, deb hisoblayapsiz? Albatta, mumkin», — deya aniqlik kiritgan.
Qozog‘iston prezidenti, shuningdek, mamlakat parlamentining 30 foizi ayol deputatlar ekanini qayd etib, hukumat tarkibining ham shuncha foizi ayol vazirlardan iborat ekanini aytgan.