Kudrin rublning qadrsizlanishini "sharmandalik" deb atadi

Iqtisodiyot 14:24 / 17.06.2016 10523

Rossiyaning sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin Sberbank tomonidan uyushtirilgan «Neftdan so‘nggi hayot» nomli amaliy nonushtasi vaqtida milliy valyutaning devalvatsiyasi xususida keskin fikrlarini bildirgan. 

"Milliy valyutaning ikki barabordan ko‘proqqa qulashi— iqtisodiy hokimiyat uchun sharmandalik hisoblanadi. Bu esa, biz eksport va biznes uchun barqaror sharoit yaratib bera olmayotganimizni anglatadi", -degan Aleksey Kudrin.

Kudrin shuningdek, moliya vaziri Anton Siluanovning yangi byudjyet qoidasini joriy qilish taklifini ma'qullashini bildirgan. 

O‘z navbatida, Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayev fikricha, Rossiyaga byudjyet qoidasi emas, balki to‘g‘ri byudjyet kerak.

Ko‘proq yangiliklar: