Kerri Suriya hukumati armiyasiga hujum qilish haqidagi memorandumga munosabat bildirdi

Jahon 16:12 / 17.06.2016 7786

AQSh Davlat departamenti rahbari Jon Kerri Barak Obama ma'muriyatini Suriya hukumatiga hujum boshlashga chaqirib imzolagan memorandumiga munosabat bildirdi.

"Bu muhim bayonot va men bu jarayonga hurmat bilan qarayman. Men qaytganimda tegishli kishilar bilan uchrashish imkoni bo‘ladi", degan Kerri Kopengagendagi tashrifi davomida.

U hozircha bu hujjat bilan tanishmagani haqida aytgan.

Bundan oldinroq OAVda AQSh Davlat departamentining 50 nafardan ortiq xodimi prezident Obamaning Suriyadagi siyosatini keskin tanqid qiluvchi ichki memorandumni imzolagani haqida xabar berilgandi. 

Memorandum mualliflarining fikricha, Suriyadagi fuqarolik urushiga barham beruvchi choralar ko‘rishga sabab bo‘luvchi axloqiy imperativ shubhaga o‘rin qoldirmaydi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, "Asadning ashaddiy suiiste'molini to‘xtata olmaslik, IShID kabi guruhlarning, garchi ular jangdan so‘ng taktik mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham, jozibasini oshirishga xizmat qiladi".

Ko‘proq yangiliklar: