Gretsiya hukumati yaqin kunlar ichida Yevropa Ittifoqi va Anqara kelishuviga muvofiq, Turkiyaga minglab muhojirlarni qaytaradi. Bu haqida Gretsiya muhojirlik siyosati vazirligi Yannis Muzalasning bergan ma'lumotiga asoslanib, "Interfaks" xabar berdi.
Grek hukumatining ma'lumotlariga ko‘ra, Gretsiya orollarida boshpanaga ega bo‘lish istagida bo‘lgan 8,4 ming muhojir joylashgan.
Gretsiya rasmiy xat bilan murojaat qilmagan 468 kishini Turkiyaga deportatsiya qilgani ta'kidlanmoqda.
Kelishuv shartlariga binoan, Gretsiya boshpanaga ega bo‘lish uchun ariza bilan murojaat qilmagan yoki iltimoslari rad etilgan muhojirlarni Turkiyaga yuborishi kerak.