Ehtiyot bo‘ling, mashinangiz to‘xtash joyida ham xavfli bo‘lib qolaveradi

Jahon 15:31 / 17.06.2016 13635

16 iyun kuni AQShning Houston shahrida 3 yoshli bolakay avtomobil ichiga qamalib qolishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Gap shundaki, bolakay uyi yaqinida turgan mashinaning yopilmagan old eshigidan kirib, orqa o‘rindig‘iga o‘yinchog‘ini olish uchun o‘tgan. 

Ammo orqa eshikdagi himoya qulfi sabab, u eshikni ocholmagan, deb ma'lum qilgan Houston politsiya departamenti matbuot kotibi. 

Shu kuni Houstonda havo harorati juda issiq bo‘lib, 35 darajadan oshiqroq bo‘lgan. Oila a'zolari, bolakayni oxirgi marotaba ko‘rganlaridan 30-45 daqiqalar o‘tib, mashinaning ortida yurak huruji bilan kurashib yotgan holatda topishgan. Oila a'zosi unga birinchi yordam ko‘rsatishga, sun'iy nafas oldirishga harakat qilgan. Zudlik bilan qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilingan. 

Ammo bolakay Lyndon B. Johnson shifoxonasiga olib borilganiga qaramay, o‘sha yerda uning joni uzilgan. 

Shunga ko‘ra, shahar politsiya mahkamasi, issiq kunlarda mashina eshigini yopishda diqqatli bo‘lish hamda farzandlarni qarovsiz qoldirmaslikni tavsiya qilmoqda. Tekshiruv ishlari davom etayapti.

Ko‘proq yangiliklar: