Yog‘li taomning eng asosiy xavfi ma'lum bo‘ldi

Light 12:37 / 17.06.2016 14173

Jon Xopkins universiteti fiziologlari inson organizmi hattoki jigar funksiyasining buzilishlarida ham yog‘larning parchalanishini amalga oshira olishini aniqlashdi. Biroq yog‘ foizi yuqori bo‘lgan parhez o‘lim bilan tugashi mumkin. Mazkur tadqiqot Cell Reports jurnalida chop etilgan. 

Organizm och paytida glyukoneogenez - glyukozaning nouglevod birikmalari (yog‘lar kabi) hosil bo‘lish jarayoni tufayli qondagi zarur qand miqdorini saqlab qoladi. Glyukoneogenez asosan jigarda va biroz - ichak va buyraklarda sodir bo‘ladi. Biroq olimlar sichqonlarning jigar hujayralarida yog‘ kislotasi oksidlanishi uchun zarur bo‘lgan CPT2 genini o‘chirib qo‘yishganida, fiziologlar kemiruvchilarning yana ancha muddat yashashda davom etishini aniqlashdi. 

Keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sichqonlarning buyraklarida yog‘, shuningdek yog‘ kislotalarining parchalanishiga javobgar faol genlar yuqori miqdorda ekan. Tadqiqotchilar buni jigar organizmning boshqa a'zolariga signal molekulalar yuborishi bilan izohlashmoqda. Masalan, FGF21 oqsili yog‘ni parchalash vazifasini buyrak va ichak hujayralariga yuklaydi. 

Tadqiqotchilar CPT2 ishlamaydigan genli genetik jihatdan o‘zgartirilgan sichqonlarni yuqori yog‘ foiziga ega bo‘lgan ozuqa bilan boqishdi. Buning natijasida yog‘, asosan, jigarda to‘planib qolganligi aniqlandi, bu esa organning butkul disfunksiyasiga olib kelib, oxir-oqibat o‘lim bilan tugagan. 

Yog‘larni parchalash vazifasini qo‘shimcha quvvat manbai sifatida foydalaniladigan ketonlar amalga oshirar ekan, demak, diabet bilan kasallangan bemorlarda aynan shu jarayon faollashadi. Qonda ketonlar miqdorining oshib ketishi o‘lim bilan tugashi mumkin bo‘lgan ketaotsidozning boshlanishiga olib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: