Britaniyada Koks xonimning o‘limidan keyin YeIdan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazish kampaniyasi to‘xtatib qo‘yildi

Jahon 07:05 / 17.06.2016 4085

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron tvitterdagi sahifasida leyboristlar partiyasi a'zosi Jo Koksning qurolli hujumdan keyin halok bo‘lganidan so‘ng mamlakatda Yevropa Ittifoqidan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazish kampaniyasi to‘xtatib qo‘yilganini ma'lum qildi.

"Men Jo Koksga vahshiy hujumdan keyin kampaniyaning to‘liq to‘xtatilishini to‘g‘ri qadam deb hisoblayman", deb yozdi Kemeron.

Kemeron, shuningdek, Koksning yaqinlariga hamdardlik bildirdi va uning o‘limini "fojia" deb atadi. 

16 iyun kuni Angliyaning Uest-Yorkshir grafligi Birstoll shahrida Jo Koksga qurolli hujum uyushtirilgan edi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qotil ko‘chada deputatni do‘pposlay boshlagan, unga bir necha marta pichoq bilan zarba bergan, so‘ng to‘pponcha chiqarib, unga o‘q uzgan. Politsiya 52 yoshli Tommi Meyr ismli jinoyatchini qo‘lga tushirdi. U jinoyatni nima sababdan amalga oshirgani hozircha noma'lum, biroq u Britaniyaning YeIdan chiqishi tarafdori bo‘lgani aytilmoqda, u hujum chog‘ida “Britaniya eng muhimi”, — deya baqirgan.

Ko‘proq yangiliklar: