Bill Geyts: LinkedIn Microsoft bilan bitimdan keyin professional sohadagi Facebook analogi bo‘lishi mumkin

Fan-texnika 22:08 / 17.06.2016 4596

Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts Bloomberg axborot agentligi bilan suhbatda korporatsiya tomonidan "professional" ijtimoiy tarmoq LinkedIn’ning 26,4 mlrd dollarga sotib olinganiga izoh berdi. Uning fikricha, sotib olingan loyiha ishchi masalalarda Facebook’ga raqobat tashkil qilishi mumkin.

Hozirda Microsoft’ning direktorlar kengashi a'zosi bo‘lgan Geyts kompaniyaning aksiyalari ijtimoiy tarmoqning sotib olinishi haqidagi e'londan keyin 2 foizga tushganidan unchalik tashvishlanmayapti, deb ta'kidlab o‘tdi Bloomberg. "Men aminmanki, bu ikki kompaniyaning birgalikdagi qimmatliligi ularning alohida-alohida bo‘lganidan anchagina yuqori bo‘ladi", deb qo‘shimcha qildi Geyts.

Microsoft 13 iyunda LinkedIn’ni sotib olganini ma'lum qilgan. Bu bitim texnologik sohadagi eng yiriklaridan biri bo‘ldi. Kompaniya loyihani keskin o‘zgartirmoqchi emas, biroq idora dasturlari paketi Office 365’ning ijtimoiy tarmoq bilan birgalikda ishlashi haqida o‘ylamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: