Bill Geyts: “YeIdan chiqish Britaniyani biznes uchun kamroq jozibali qiladi”

Iqtisodiyot 17:13 / 17.06.2016 5283

Amerikaning Microsoft Corp. kompaniyasi asoschisi Bill Geyts The Times nashriga yozgan maktubida, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishiga oid o‘z qarashi bilan o‘rtoqlashgan. Uning fikricha, Birlashgan qirollik Yevropa Ittifoqidan chiqishga qaror qilsa, mamlakat xorijiy investitsiyalar va biznes uchun avvalgidek jozibali bo‘lmay qoladi. 

Britaniya iqtisodiyotiga 1 mlrd dollar sarmoya kiritgan tadbirkorning ishonch bildirishicha, mamlakat ittifoq tarkibida «yanada kuchliroq, gullab-yashnagan va ta'sirliroq» bo‘ladi. 

Uning qayd etishicha, Britaniyaning YeIda qolishi va yagona Yevropa bozoridan foydalanishi, uning kompaniyasining ilmiy-tadqiqot markazlarini Kembrijda joylashtirish qarorini qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etgan. 

Geyts, shuningdek, Britaniya YeIdan chiqsa, iqtidorli mutaxassislarni topish va ularni yollashda sezilarli qiyinchiliklarga duch keladi, degan fikrni ham ilgari surgan.

Ko‘proq yangiliklar: