Ispaniyaning Moaniya shahridagi Posito restorani kamerasi, mushkul vaziyatda stakanni sindirib qo‘ymagan ofitsiant qizning ajoyib reaksiyasini tasvirga oldi.
Idish yuvish jihoziga orqa bilan turgan ofitsiant qiz, qo‘lidan tushib ketgan stakanni epchillik qilib, oyoq uchi bilan rakovinaga yo‘naltira olgan.
Videoga qoldirilgan izohlarda, ba'zilar uni hazillashib, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messiga ham qiyoslashgan.