Argentina federal politsiyasining xodimlari JPMorgan bankining sobiq vitse-prezidenti qo‘lga olishdi, unga nisbatan AQShga ekstradatsiya so‘rovi jo‘natilgan. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, sobiq vitse-prezident bank mijozlariga nisbatan tovlamachilikda gumon qilinmoqda. Yil davomida u JPMorgan'ning vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan, bu vaqt davomida u ruxsatsiz katta summali sakkizta bank operatsiyasini o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.
47 yoshli Ernan Arbisu 2008 yilda 5,4 million dollarni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda. U 22 iyun kuni AQShga ekstraditsiya qilinishi kerak edi.