AQShda davom etayotgan Amerika Kubogi-2016 turnirida dastlabki yarim finalchi jamoa nomi aniq bo‘ldi. Mezbonlar termasi chorak finalda Ekvadorga qarshi bahs olib borib, qiyin kechgan o‘yinda g‘alabaga ega bo‘ldi.
Mezbonlar birinchi bo‘lim o‘rtalarida tajribali Dempsining goli evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida har ikkala jamoadan bir nafardan futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatildi.
65-daqiqada Zardesning goli evaziga AQShliklar hisobdagi farqni ikkitaga oshirishdi. O‘yin tugashiga 16 daqiqa qolganida Arroyo bitta javob to‘pini kiritdi. Ammo ekvadorliklar hisobni tenglashtirish imkoniyatini topa olmadilar.
Shu tariqa AQSh terma jamoasi 1995 yildan beri ilk marta Amerika kubogi yarim finaliga chiqdi. Klinsmann shogirdlari final yo‘llanmasi uchun Argentina-Venesuela juftligi g‘olibiga qarshi maydonga chiqishadi.
AQSh - Ekvador 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 22 Dempsi, 2:0 – 65 Zardes, 2:1 – 74 Arroyo.
SShA – Gyuzan, Bruks, Kemeron, Bezler, Djonson, Djons, Bredli, Bedoyya (Zusi, 81), Dempsi (Bekkerman, 74), Vud, Zardes (Birnbaum, 90).
Ekvador – Dominges, Mina, Ayovi, Paredes (Ayovi, 82), Eraso, Grueso (Ramires, 72), Noboa (Gaybor, 62), Arroyo, Valensiya, Montero, Valensiya.
Ogohlantirishlar: Valensiya (37), Vud (53), Paredes (64), Bedoyya (73), Gyuzan (84).
Chetlatish: Jons (52), Valensiya (52).