AQSh iqtisodiyotni isloh qilish uchun Ar-Riyodga yordam beradi

Iqtisodiyot 11:25 / 17.06.2016 3350

Saudiya shahzodasi Muhammad bin Salmonning AQShga safari chog‘ida Amerika hukumati iqtisodiy islohotlar o‘tkazishda Ar-Riyodning muhim hamkori bo‘lishga intilayotgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi Oq uy bayonotiga tayangan holda xabar qilmoqda. 

«AQSh hukumati Saudiya Arabistonining iqtisodiy islohotlarga sodiqligini olqishlab, podshohlikning yirik iqtisodiy isholotlar dasturini hayotga tatbiq etishda muhim hamkori bo‘lishga intilayotganini qayd etgan», — deyiladi Oq uy xabarida. 

Xabarlarga ko‘ra, Muhammad bin Salmon prezident Barak Obama qoshidagi Milliy iqtisodiy kengash vakillari bilan uchrashgan. O‘zaro muloqot chog‘ida, AQSh moliya vaziri Jyek Lyu, energetika vaziri Ernest Monis va savdo vaziri Penni Pritsker ham qatnashgan. Muhammad bin Salmon ular bilan Saudiya Arabistoni iqtisodiyotini 2030 yilgacha diversifikatsiya qilish rejalarini muhokama qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: