O‘zbekiston prezidentining 2009 yil 3 avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Jizzax viloyatida 2009-2015 yillarda namunaviy loyihalar asosida 2 ming 982 uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi. Joriy yilda yana 741 oila ana shunday uylarga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
2010 yilda “Ipak yo‘li” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida namunaviy loyihalar asosida 15 uy qurilgan edi. Keyingi besh yilda G‘alaba, Paxtazor, Mirzadala massivlarida 126 uy qurilib, foydalanishga topshirildi. Joriy yilda G‘alaba massivida yana 20 uyni o‘z egalariga topshirish uchun ish qizg‘in borayotir.