Alibaba Group Holding Ltd asoschisi va direktorlar kengashi raisi Jyek Ma G20 mamlakatlariga murojaat qilib, tadbirkorlar uchun «elektron» yo‘lni tashkil etish taklifini bildirdi. U Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida qilgan chiqishida shunday fikrlarni olg‘a surgan.
«Kichik biznesni rivojlantiradigan platforma yaratish zarur. U o‘ziga xos «elektron» yo‘l bo‘lib, barcha elektron tugunlarning chorrahasi bo‘lishi kerak. Ya'ni butun dunyodagi kichik biznes uchun logistika, moliyalash, bojxona xizmatlari sohalaridagi erkin savdo hududidir», — degan Jyek Ma.
U, shuningdek, transport markazlari kabi raqamli markazlarni tashkil etish imkoniyatini ko‘rayotganini aytar ekan, xususan, Rossiyada shu kabi tarmoq tashkil etilishi uni «Osiyo va Yevropani o‘zaro bog‘laydigan ko‘prikka aylantirishini» ta'kidladi.