Senator 15 soatga yaqin o‘qotar qurollar savdosini taqiqlash to‘g‘risida ma'ruza qildi

Jahon 18:41 / 16.06.2016 5346

AQSh Demokratik partiyasidan senator Kris Merfi 14 soat 50 daqiqa mobaynida AQSh Kongressi Senatida terrorizmga aloqasi borlikda gumon qilingan shaxslarga o‘qotar qurol sotishni taqiqlash to‘g‘risida qonunni qabul qilish zarurligini ta'kidlab, ma'ruza qildi, deb xabar bermoqda Associated Press agentligi. 

«Men faxr bilan aytishim mumkinki, 14 soatdan ko‘proq vaqt mobaynida qilingan muhokamalar samarasi o‘laroq, biz terrorchilar uchun yana bir imkoniyatni yo‘q qilmoqdamiz va qurol sotib olishda qo‘shimcha tekshiruvlarni talab qilish bo‘yicha qonun loyihasiga ovoz beramiz», —degan Merfi Tvitterdagi sahifasida. 

Merfi minbarga chiqar ekan, demokratlar va respublikachilar o‘qotar qurollar savdosiga oid qonun loyihasi bo‘yicha bir kelishuvga erishmas ekan, minbardan tushmasligini aytgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: