Rossiyada dunyodagi eng kuchli muzyorar suvga tushirildi

Jahon 14:42 / 16.06.2016 10558

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida dunyodagi eng yirik «Arktika» muzyorar kemasi suvga tushirildi. U, 2017 yil so‘nggida «Rosatomflot» tarkibiga kirishi mumkin. O‘tgan haftada, «Ilya Muromets» muzyorar kemasi ham suvga tushirilgan edi. Bu kema, oxirgi 40 yilda birinchi marta Rossiya harbiy dengiz kuchlari tarkibiga kirgan birinchi muzyorar kemasidir. 

Dunyodagi eng qudratli va eng yirik hisoblangan «Arktika» kemasi Boltiq dengizidagi zavodda suvga tushirilgan, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

"Ushbu kema Rossiya uchun muhim bo‘lgan Arktika mintaqasida yilbo‘yi navigatsiya ishlarini olib borish barobarida davlatning mudofaa qobiliyatini ham kuchaytirishga xizmat qiladi", - degan "Rosatom" rahbari Sergey Kiriyenko. 

«Arktika» muzyorari qurilishi Boltiq dengizidagi kemasozlik zavodida 2013 yili boshlangan edi. Uning reaktori, kemaga yarim yil mobaynida portga kirmaslikka imkon beradi. Kema uzunligi 173,3 metr, eni — 34 metr bo‘lib, suv sig‘imi 33,5 ming tonnani tashkil etadi. «Arktika» ekipaji 75 kishidan iborat bo‘ladi.

Bundan tashqari, Rossiya muzyorar flotini yangilash dasturi doirasida yana ikkita — «Sibir» va «Ural» muzyorar kemalari qurilmoqda. Ularni topshirish muddati 2019 va 2020 yillarga mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: