Amerikalik mashhur kinorejissyor Stiven Spilberg Indiana Jonsning sarguzashtlari haqidagi yangi filmda uni "o‘ldirmaslikka" va'da berdi. Mashhur filmning bosh rolda hamon o‘sha aktyor Xarrison Ford bo‘lgan 5-qismi 2019 yil iyulda ekranlarga chiqariladi.
"Sizga bir narsani aytaman: men Xarrisonni "o‘ldirmayman", deb sir boy berdi Spilberg.
Film Disney kompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda. Bu filmga huquq Jorj Lukasdan Lucasfilm sotib olinishi bilan birga Disney’ga o‘tgan. Disney rahbari Alan Xorn avvalroq "Indiana Jons – kinematograf tarixidagi eng muhim qahramonlardan biridir" deb ta'kidlab o‘tgandi.
Filmning 1-qismi 1981 yilda chiqqan va "Indiana Jons: yo‘qolgan muqaddas qutini qidirib" deb nomlangan. Shundan keyin "Indiana Jons va taqdir ibodatxonasi" (1984), "Indiana Jons va oxirgi xoch yurishi" (1989) va "Indiana Jons va billur bosh suyagi qirolligi" (2008) filmlari chiqqan.