KXDRdan qochgan fuqaro Rossiyada boshpana oldi

Jahon 18:44 / 16.06.2016 6486

Shimoliy koreyalik Kim bir necha marta omadsiz urinishlardan so‘ng, Rossiyadan boshpana olishga muvaffaq bo‘ldi, deyiladi «Memorial» jamg‘armasi xabarida. 

Ma'lum bo‘lishicha, Kim dastlab vatani KXDRdan Xitoyga o‘tgan va bu yerda 10 yildan ko‘proq vaqt mobaynida noqonuniy muhojir bo‘lib yashagan. So‘ngra eski xaritalar yordamida Rossiyaning qochqinlar lageriga o‘tishga uringan, ammo Qozog‘istonda bo‘lib qolgan. U bu yerdan vatani Shimoliy Koreyaga qaytarib yuborilgan. 

Birmuncha vaqtdan so‘ng, yana bir bor Shimoliy Koreyani tark etgan Kim bu safar xavfsiz joyga kelishga erishgan. 

Kim Rossiya muhojirlik xizmatiga u va oila a'zolari vatanlariga qaytsa, taqdirlari ayanchli bo‘lishini isbotlay olgach, vaqtincha boshpana berish guvohnomasiga ega bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: