Xaker o‘g‘irlagan hujjatlarini WikiLeaks’ga topshirdi

Jahon 15:58 / 16.06.2016 3856

O‘zini Guccifer 2.0 deb nomlagan va yakka holda faoliyat yurituvchi kiberjosus AQSh demokratik partiyasi tarmog‘ini buzish uchun javobgarlikni zimmasiga oldi, deb yozmoqda Wordpress o‘z blogida. O‘g‘irlangan hujjatlarning aksariyati, buzuvchining so‘ziga ko‘ra, WikiLeaks loyihasi ixtiyoriga topshirilgan.

Blokda demokratlar tomonidan Donald Tramp haqida tayyorlangan hisobot ham e'lon qilingan. G‘arazgo‘yning ta'kidlashicha, bular AQSh demokratik partiyasi saytidan yuklab olgan ma'lumotlarning bir qismigina xolos. 

Xaker o‘zining laqabida rumin kiberjosusi Guccifer nomidan foydalangan. U 2016 yil mayida demokratlarning AQSh prezidentligi uchun nomzodlaridan biri Hillari Klinton saytini buzgan edi. 

«Guccifer balkim Hillari Klinton va boshqa demokratlarning saytlarini buza olgan ilk xakerdir. Ammo, albatta? u oxirgisi ham bo‘lmagan», — deb qayd etgan Guccifer 2.0.

U taqdim etgan ma'lumotlar yaqin orada WikiLeaks’da e'lon qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: