Eron 2 mlrd dollarni qaytarishdan bosh tortgani uchun AQShni Haaga sudiga berdi

Jahon 15:03 / 16.06.2016 4932

Eron 2 milliard muzlatilgan aktivlarni qaytarish maqsadida  BMTning Haagadagi xalqaro sudga AQSh ustidan shikoyat qilib murojaat qildi. Bu haqida Eron televideniyesi orqali respublika prezidenti Hasan Ruhoniy ma'lum qildi, deb xabar beradi Reuters.

Eron hukumati da'vo arizasida Eronga qarshi harakatlarini to‘xtatish, shuningdek yetkazilgan zarar uchun Vashingtondan kompensatsiya talab qilingan. 

Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif Tehrondagi parlament yig‘ilishida "Eron dunyo ahliga amerikaliklarning qanday qilib qonunni buzishlarini ko‘rsatib qo‘yishi" haqida gapirgan. 

Joriy yilning aprel oyida AQSh Oliy sudi 1983 yilda Bayrutda ro‘y bergan portlash qurbonlarining oila a'zolari va boshqa jabrlanuvchilarga 2 milliard dollar ajratish haqida qaror chiqardi. O‘shanda Zarif BMT bosh kotibiga xat yo‘llab, unda Amerika rasmiylarining qaroriga "Javob choralari ko‘rish huquqini Tehron o‘zida qoldirishini" ma'lum qilgandi. 

2012 yilda AQSh kongressi Citibank zimmasiga Eronning muzlatilgan aktivlarini Bayrutdagi terakt qurbonlarining oila a'zolariga to‘lash vazifasini yukladi. Eron hukumati vakillari u hujumlarga Eronning aloqasi borligini inkor qilishgan.

Ko‘proq yangiliklar: