Polshada NATO qo‘shinlarini joylashtirishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilindi

Jahon 14:44 / 15.06.2016 3086

Polshada xorijiy davlatlar qurolli kuchlari, xususan, NATO tezkor harbiy bo‘linmalari joylashuviga oydinlik kirituvchi qonun kuchga kirdi, deb xabar qilmoqda Polsha matbuot agentligi. 

Hujjat Polsha hududida chet el armiyalarining o‘quv mashg‘ulotlaridan boshqa harbiy amaliyotlarni o‘tkazishga doir huquqiy me'yorlarni joriy etadi. 

"Amaliyotda esa bu zarur bo‘lgan taqdirda Polsha hududi yoxud havo kengliklaridagi tezkor xorijiy kuchlarga barham berish, ularning harakatini to‘sib qo‘yish yoki xizmatidan foydalanishni tartibga soladi", - deb ma'lum qilgan qonun loyihasini ishlab chiqqan hukumat matbuot xizmati. 

Qabul qilingan loyihaga ko‘ra, Polshada xorijiy harbiylarni joylashtirishga faqat prezident ruxsat beradi. Ammo buning uchun mudofaa vaziri, Bosh vazir bilan kelishgan holda maxsus so‘rov kiritishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, ittifoqdosh kuchlarga ham polyak armiyasi kabi huquqlar va imkoniyatlar taqdim etiladi. 

Avval xabar berganimizdek, NATO qo‘shinlarini joylashtirish to‘g‘risidagi yangi me'yorlar, Polsha parlamenti ikkala palatasi Seym va Senatda ham tasdiqlangan, 20 may kuni prezident tomonidan tasdiqlangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: