Yangi mavsumdagi ilk Manchester derbisi 4-turda o‘tkaziladi. Bugun e'lon qilingan taqvimga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 10 sentabr kuni o‘z maydoni «Old Trafford»da «Manchester Siti»ni qabul qiladi.
Qayd etish kerakki, bu ikki jamoaning yangi bosh murabbiylari bo‘lmish Joze Mourino va Xosep Gvardiolalarning 2013 yili 30 avgustida to‘xtab qolgan qarama-qarshiligi davomi bo‘ladi. O‘shanda Gvardiolaning «Bavariya»si UYeFA Superkubogi uchun bahsda Mourinoning «Chelsi»sini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratgandi. Ungacha ham mutaxassislar Ispaniyada, biri «Real», biri «Barselona» bosh murabbiylari sifatida ko‘p bor to‘qnashishgan va bu qarama-qarshilik futbol tarixiga o‘ziga xos duel sifatida kirgan.
«Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi javob uchrashuvi APLning 26-turida ro‘y beradi. «Etihad Stedium»da kechadigan bu uchrashuv 25 fevralga belgilangan.
Manba: Tribuna.UZ