Tarmoqda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, LG kompaniyasi akkumulyatorni simsiz quvvatlantira olishning ilg‘or texnologiyasiga ega bo‘lgan yangi smartfonni ishlab chiqarmoqda.
Aytilishicha qurilma magnit rezonans prinsipi bo‘yicha ishlaydi. Gadjyetni modul bazasidan 7 santimetrgacha uzoqlikda quvvatlantirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
LG aynan qanday texnologiyadan foydalanishi haqida ma'lumot mavjud emas. Ammo shuni ta'kidlash lozimki, simsiz quvvat olish uchun magnit rezonans prinsipidan Rezence kompaniyasi foydalanadi. Rezence kompaniyasi texnologiyasining xususiyatlariga ko‘ra, bir dona quvvat berish yuzasidan har xil turdagi qurilmalar quvvat olishi mumkin. Uning standarti 1 dan 50 Vattgacha bo‘lgan simsiz quvvat uzatish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari, ikki oy avval LG kompaniyasi simsiz quvvat olishning yangi usulini yaratgani haqida xabar bergan edi. Ta'kidlanishicha, qurilma bozorda mavjud bo‘lgan qurilmalardan ko‘proq samaradorlikni ta'minlaydi.
Platforma 15 Vattgacha bo‘lgan energiyani uzatish imkonini beradi. Bu esa 5 Vatt standartiga ega bo‘lgan uzatgichlardan uch barobar katta degani. LG kompaniyasining ta'kidlashicha, qurilma akkumulyatorininig 50 foizgacha quvvatlanishi uchun atigi 30 daqiqa kerak bo‘lar ekan.