Germaniya qayta tiklanuvchi energiyani ishlatishi uchun odamlarga pul to‘lashga to‘g‘ri keladi

Jahon 21:56 / 15.06.2016 5788

Germaniya qayta tiklanuvchi energiyani  shu qadar ko‘p ishlab chiqarganki, endi uni ishlatish uchun odamlarga pul to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Elektr xarajatlari ko‘pincha juda yuqori bo‘ladi, ammo vaqti-vaqti bilan tabiatning qudrati natijasida metaforik mo‘'jizalar yuz berib turadi.

Quartz'ning ma'lum qilishicha, yaqindagina shunday hodisa ro‘y bergan, unda haddan ziyod yorug‘ va quyoshli kun kuzatilgan. 

Germaniyada 8 may kuniga kelib, milliy qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr oluvchi stansiyalari 63 gigavattlik jami energiya iste'molining 55 gigavattini ishlab chiqardi - bu umumiy elektr iste'molining 87 foizi demakdir.

Mamlakatning standart elektr ishlab chiqarish korxonalari bilan bir qatorda milliy talab ham yuqori bo‘lmoqda. 

O‘tgan yili Daniyada ham shunday hodisa yuz bergan edi - juda kuchli shamol esgan kun ularning shamol energiyasi oshib ketib, turbinalar millatning elektrga bo‘lgan talabining 140 foizini hosil qilgan, ortiqcha energiya Germaniya, Norvegiya va Shvetsiyaga eksport qilingan. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisobotiga ko‘ra, Germaniya qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha eng yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: