Bugun Yevropa chempionati guruh bosqichida 2-tur uchrashuvlari boshlanadi. Lill shahridagi "Per Morua" stadionida V guruhi vakillari Rossiya va Slovakiya o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan soat 18:00ga belgilangan bu uchrashuvga sloveniyalik Damir Skomina hakam etib tayinlangan.
Rossiya va Slovakiya shu vaqtgacha 9 marta uchrashgan. Rossiyaliklar 3 marta g‘alaba qozongan, 2 marta mag‘lubiyat qayd etgan. 4 uchrashuv esa durang hisob bilan yakunlangan.
MATNLI TRANSLYaTsIYaGA O‘TISh >>>
Leonid Slutskiy, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi:
– Jamoamiz o‘z imkoniyatlarini juda yaxshi baholaydi. Yevropa chempionatida hatto favoritlar o‘z imkoniyatlari darajasida o‘yin ko‘rsata olishmayapti. Slovaklar hamda Uels bilan o‘yinda biz o‘z imkoniyatlarimizdan 100 foiz darajada foydalanishimiz, inglizlar bilan bo‘lgandagi kabi asosiy kuchlarni tashlashimiz kerak.
Slovakiyaning o‘yin uslubi yillar davomida qurilgan. Yoki ularni yengish kerak, yoki ular bizni yengishadi. Biz 1 turda 1 ochko olganimiz, ularda esa bu ochko yo‘qligi, oramizdagi farqni anglatmaydi.
Yan Kozak, Slovakiya terma jamoasi bosh murabbiyi:
– Rossiya terma jamoasi asosan Moskvaning TsSKA va Peterburgning "Zenit" jamoalari futbolchilaridan tarkib topgan. Bu klublar – YeChLning doimiy ishtirokchilari hisoblanishadi. Rossiyaliklar o‘yini yaxshi tashkillashtirilgan, ular himoyadan hujumga tez o‘tib, hujumdan himoyaga tez qayta olishadi.
Uelsdan uchralgan mag‘lubiyat ortiqchi bo‘ldi. O‘yinda uelsliklar juda ko‘p xato qilishdi, lekin biz bundan foydalana olmadik. Endi biz Rossiya bilan o‘yinda vaziyatni tuzatishimiz kerak.
Rossiya va Slovakiya uchrashuvidan oldin Lill shahrida alkogol mahsulotlari sotilishi taqiqlandi
Rossiya – Slovakiya o‘yini vaqtida stadion tomi yopiladi
Slutskiy Angliyaga qarshi o‘yindagi tarkibni Slovakiyaga qarshi o‘yinga o‘zgarishsiz tushiradi