Tesla eng qimmat avtobrendlar o‘nligiga kiritildi

Fan-texnika 15:40 / 09.06.2016 4071

Tesla Motors kompaniyasi o‘z tarixida ilk marta dunyoning eng qimmat avtomobil brendlari o‘nligidan joy oldi. U, Lexus firmasini siqib chiqara olgan. 

Amerikaning elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi 4,4 milliard dollarga baholangan. Ushbu ma'lumotlar, BrandZ savdo belgilari "TOP-100" yillik ro‘yxatida keltirilgan. Uni Millward Brown kompaniyasi tuzib chiqqan. 

Mutaxassislar «Tesla»ning o‘sishini,  birmuncha arzon elektromobili Model 3ning namoyishi bilan bog‘lashmoqda. Uning boshlang‘ich narxi 35 ming AQSh dollaridan boshlaadi. 

Mazkur reytingni esa, 4 yil davomida Yaponiyaning Toyota kompaniyasi boshqarib kelmoqda. Uning qiymati 29,5 milliard dollarga baholangan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Germaniyaning ikki zavodi: BMW va Mercedes-Benz egallagan. Ularning narxi tegishli ravishda 26,8 va 22,7 milliard dollar deb hisoblangan. 

«Tesla»dan tashqari «Top-10» likka shuningdek, birinchi marta Porsche kompaniyasi ham 4,4 milliard dollar bilan munosib ko‘rilgan.

Ko‘proq yangiliklar: