Deep Look portalida chivinlar qonni so‘rayotgan jarayonni aniq ko‘rsatilgan videorolik paydo bo‘ldi. Bu video Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan olingan bo‘lib, tadqiqot natijalari KQED jurnalida alohida maqola sifatida yoritildi.
Olimlar chivin xartumi oltita kichik ninalardan iborat ekanini aniqlashdi. Ular shu darajada o‘tkirki, inson ular teriga suqilganini sezmay qoladi. Juft ignalar huddi tishga o‘xshaydi, ulardan biri terini oson kesa oladi, ikkinchisi esa qon yaxshi so‘rilishi uchun uni yoyadi. Chivin chaqayotgan vaqtida ishga tushuvchi 150dan ortiq retseptorlarga ega.
Beshinchi ignadan inson organizmiga so‘lak kiradi, bu esa qon aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi va qichimaga olib keladi. Qon esa oltinchi ignadan chiqadi. Ayol chivinlar organizmdagi ortiqcha suvni tashqariga chiqargan holda qorindagi joyni bo‘shatadi.
Ajablanarlisi shundaki, chivinlar planetadagi eng xavfli jonzot sanaladi. Sababi ular inson tanasiga turli viruslarni yuqtirishi oqibatida har yili minglab inosnlar vafot etadi. Bunda chivinlarni ayblab bo‘lmaydi, chunki ular parazit hasharotlardan zararlanib, virus yuqtiradi.