Birinchi homiladorlikda tana og‘irligining haddan ziyon oshib ketishi turli asoratlarga, shuningdek, ikkinchi homiladorlik chog‘ida salbiy ta'sirlarga olib kelishi mumkin. Shved olimlari shunday xulosaga kelishdi. O‘tkazilgan tadqiqot batafsil PLOS Medicine jurnalida chop etildi.
Olimlar 1992-2012 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 533 mingga yaqin bolalarning tibbiy ko‘rsatkich ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Axborotlar Shvetsiyaning tug‘ilish bo‘yicha ro‘yxatnomasidan olingan. Homiladorlik jarayonida ko‘proq vazn yiqqan onalarning chaqaloqlarida Apgar ko‘lami (salomatlikning umumiy holatini tez baholash tizimi) bo‘yicha past ko‘rsatkich qayd etilgan. Shuningdek, ichak aspiratsiya (tug‘ruq vaqtida nafas yo‘llariga axlatning kirib ketishi) alomatlari tashxisi qo‘yilgan.
Tadqiqotchilar qayd etishicha, homiladorlik vaqtida tana vazni me'yorlarini nazorat qilib yurish tug‘ilajak farzandning salomatligiga yaxshi ta'sir ko‘rsatadi.