Homilador ayolni nomusiga tekkan giyohvandlar iqrori

Jamiyat 13:49 / 09.06.2016 22739

Nashriyotga borsam, ustozim meni qirq yoshlarga yaqinlashgan bir kishi bilan “Sobiq mahbus Mirkomil Mirolimov” deya kulib tanishtirdi. Hoynahoy ustozim hazillashayotgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Hol-ahvol so‘rashgach, chekkadagi kursiga omonatgina o‘tirdim.
- Sizga topshiriq bor. Mana shu yigit haqida yozasiz. Meni esa bir joyda kutishayapti. O‘zim ham yozardimu biroz vaqt masalasi chatoqroq-da. Shuning uchun bu ishni sizga ishonib topshirayapman, - deya qo‘liga sumkasini oldida bizlarni xoli qoldirdi.
Ustozning ishonchini qozonish maqsadida ishga kirishdim. Ro‘paramdagi odam esa ichini kemirayotgan dardini doston qilishni boshladi...
Aslida hech kim jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Biroq kimdir bilib, kimdir bilmasdan jinoyatga qo‘l urishi mumkin. Ana o‘shandagina ular qilgan qilmishlaridan pushaymon bo‘lishadi. Men sizga aytib beradigan voqeadan hamon vijdonim azobda. O‘zimni o‘zim kechira olmayman. Aytib berganlarimni kimlardir o‘qib, o‘ziga saboq  chiqarsa, degan umiddaman.
O‘shanda yoshlikning eng navqiron pallasida edim. Toshkentning Qora-qamish dahasida yashaymiz. Sinfdoshlarim Shomansur va Shojalil bilan judayam inoq edik. Hammamizning o‘zimizga yarasha ishimiz bor edi.
Bir kuni Shomansur allaqayerdan chekadigan bir narsa topib keldi. Kechqurun uchalamiz uyimiz yonidagi avtobus bekatining o‘rindig‘iga o‘tirvolib, o‘sha zormandadan tatib ko‘rdik. Birozdan so‘ng uchalamiz ham o‘zimizni osmonu falakda uchib yurgandek his qildik. Bu judayam zavqli onlar edi.
Keyingi gal sinfdoshlarim bilan uchrashganimizda Shojalil Shomansurga o‘tgan gal olib kelgan sigaretidan so‘radi.
- Iye, u juda qimmat turadi. Bir tanishim bergan edi. Ammo zo‘r narsa ekan. O‘zimga ham yoqib qoldi. Pulini bersanglar olib kelib beraman, - dedi Shomansur.
- Ot bilan tuya bo‘lmasa kerak. Qancha bo‘lsa ham topib beramiz. Pulidan qochmaymiz. Axir kim uchun ishlayapmiz? O‘zimizni o‘zimiz xursand qilmasak, nima qilib yuribmiz bu dunyoda? - dedi Shojalil.
- Bo‘pti. Ertaga xuddi shu paytda uchrashamiz. Topgan pullaringni olib chiqinglar. Bir mazza qilamiz, - dedi Shomansur miyig‘ida kulib.
Shunday qilib biz giyohvand moddani sigaretga o‘rab cheka boshladik. Buni iloji boricha oila a'zollarimizga bildirmaslikka harakat qildik. Pulimiz yetmay qolganida uydagi tilla taqinchoqlarni, qimmatbaho xrustal idishlarni ham imi-jimida olib chiqib, sotadigan bo‘ldik.
Kunlarninng birida biz yana o‘sha avtobus bekatiga chiqdik. Ko‘chada birorta zog‘ ham ko‘rinmasdi. Hamma uy-uyiga qamalib olgan. Kimlardir uyquni ham urayotgandi. Ko‘chada ham onda-sonda bitta mashina o‘tib qolardi. Biz bo‘lsa Shomansur tayyorlab kelgan qo‘lbola sigaretlarni chekib huzurlanayotgandik. Shu payt bekat tomonga qorni do‘mpaygan bir ayol, qornini ushlaganicha kela boshladi. Bizlarni ko‘rib turgan joyida qoqqan qoziqdek qotib qoldi. Keyin yo‘lga qaradi. Biz esa uning bu holatidan zavqlanib kulardik. Ayol biz tomonga kelayotgan bo‘m-bo‘sh avtobusga qo‘l ko‘tardi. Shofyor ham avtobusini to‘xtatdi. Ayol hamon qornini ushlaganicha inqillab sinqillab avtobusga ko‘tarila boshladi. Shu payt Shomansur bizlarga qarab “Ketdik, yigitlar qarashvoramiz” deya avtobus tomonga yurdida boyagi ayolni turtib ortidan chiqdi. Biz ham avtobusga chiqvoldik.
-Iltimos amaki, tug‘uruqxonaga haydang, - dedi homilador ayol.
Haydovchi ayolga “xo‘p” degandek boshini irg‘idi. Bizlarga qarab baqirdi:
-Hov yigitchalar. Bu avtobus hech qayerga bormaydi, tushinglar!
-O‘chir, ovozingni! Hayda! - deya Shomansur haydovchining bo‘yniga doim olib yuradigan kichkina pichog‘ini tiradi.
Haydovchi uning olayib ketgan ko‘zlaridan qo‘rqib “xo‘p, xo‘p” degancha avtobusini yurgizdi. Shomansur bo‘lsa uni avtobusini  shaharning chekkasiga yaydoq dalaga haydattirdi. Keyin unga “To‘xta!” deya bo‘yruq berdi. Haydovchi avtobusini to‘xtatdi. Shomansur bizlarga qarab “Qani shovvozlar! Haydovchini qo‘lini boylaymiz. Keyin senlarga zo‘r tomsha ko‘rsataman!” deya shofyorga yopishdi. Biz ham unga yordamlashdik. Haydovchining qarshiligiga qaramasdan ustidagi kuylagini yechib, yirtib, u bilan qo‘lini orqaga qilib chandib bog‘lab tashladik.
-Endi ayollar bilan qanday munosabatda bo‘lish lozimligini senlarga ko‘rsatamaan, - deya u homilador ayolga yaqinlashdi.
-Iltimos, jon ukajon. Menga tegmang! Hozir tug‘ib qo‘yaman. Uvolimga qolasizlar. Undan ko‘ra meni tug‘uruqxonaga olib borishga yordam beringlar! -deya yig‘lay boshladi.
Biz ayolning dod-faryodiga quloq tutmasdan, uning nomusiga tajovuz qildik. Go‘yoki erkak ekanligimizni o‘zimizcha isbotladik. 
Bir payt yana Shomansurning qitmirligi tutdi.
-Hozir senlarga fokus-mokus ko‘rsataman. Bu ayol ko‘z oldinglarda senlarga to‘g‘ishni ko‘rsatadi, - deya  avtobusda o‘rindiqning tagida bo‘lgan chilvir ip bilan homilador ayolning oyoqlarini ikki tomonga avtobus o‘rindiqlariga boyladi. Ayol bechora xo‘rlanib, xo‘rlanib, bizlarni “Iloyo bolaning tirnog‘iga zor bo‘lib o‘tlaring! Ko‘zlaring ko‘rsinu qo‘llaring tutmasin! Senlarni ham ona tuqqandir!” deya qarg‘ab-qarg‘ab yig‘lardi.
-Qani tug‘a qol, bo‘l endi, - deya Shomansur ayolning qorniga sekin-sekin ura boshladi.
-Tegmalaring unga marazlar! -deya haydovchi o‘rnidan turishga, ayolga yordam berishga urinardi. Biroq joyidan qimirlolmasdi.
Biz ham Shomansurga qo‘shilib, ayolning ustidan kulib, uning qorniga urib, bolani tug‘ilishini ko‘rmoqchi bo‘ldik. Shu payt ayolni dard tutib baqira boshladi.
-Baqir baqir,yengil tortasan! Yana qattiqroq baqirsang, bolang ham tug‘iladi, - deya uni mazaxladi Shojalil.
Ayol bechoraning peshonasidan reza reza suv oqardi. U qiynala-qiynala tug‘di. Afsuski chaqaloq yig‘lamadi.
-Bolam, bolam! -deya ayol yana uvvos tortib yig‘lay boshladi. Bizlar esa kula-kula haydovchining qo‘llarini va ayolning oyoqlarini yechib, avtobusdan tushib, uyga yo‘l oldik. Haydovchi ayolga yordamga oshiqdi.
Yo‘lovchi mashinada haydovchini qo‘rqitib uyimizga yetib keldik. Ertasi kuni bizlarni militsiya xodimlari gumondor shaxs sifatida tuman IIBiga olib ketdi. Haydovchi bizlarni, ayniqsa Shomansurni tanib qolgan ekan. Bechora chaqaloq bizlarni deb nobud bo‘libdi. Ayolni shifokorlar zo‘rg‘a jonini asrab qolibdi. Uchalamiz ham o‘zimizga tegishli jazoni olib qaytdik. Qamoqxonada uzoq o‘tirdik. Uyga kelib, avtobus bekatiga chiqsam, ko‘zimga o‘sha homilador ayol ko‘rinaveradi. Gohida tushimga o‘lik tug‘ilgan chaqaloq kiradida menga qarab “qotilsan, qotil” deyaveradi. To‘g‘risini aytsam, qilgan ishimdan judayam pushaymonman. O‘shanda meni shayton yo‘ldan urdi. O‘rtoqlarimga qo‘shilmasam bo‘larkan. 
Ota-onam meni uylantirish harakatiga tushishdi. Qarindoshimizning yoshi o‘ttizdan oshgan, o‘tirib qolgan qizini olib berishdi. Afsuski besh yildirki farzandimiz yo‘q. Bormagan do‘xtiru tabibimiz qolmadi. Ehtimol o‘sha homilador ayolning qarg‘ishi tekkandir. Yanayam bilmadim. Gohida tushlarimga o‘sha homilador ayolning chinqirab yig‘lashlari kiradi. Cho‘chib uyg‘onib ketaman. Vijdonim azobda qolgan. Vijdon azobi qiyin bo‘lishini men his qildim. Aytadigan gapim, hech kim birovga ozor bermasin. Hattoki dilini ham og‘ritmasin. Ertaga menga o‘xshab vijdon azobida qolmasin...
Men Mirkomilning aytganlarini shundoqligicha qog‘ozga tushirdim. Xulosa chiqarish esa sizdan.

Xonbibi HIMMAT qizi (MAXAMOVA) maxsus Kun.uz sayti uchun

Ko‘proq yangiliklar: