9 iyun kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo chempionlar ligasi-2016 chorak final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur'a natijasiga ko‘ra Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi OChL chorak finalida Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” jamoasi bilan bahslashadigan bo‘ldi.
Osiyo Chempionlar Ligasi reglamentiga ko‘ra Sharq va G‘arb mintaqasi jamoalari o‘zaro finalga qadar to‘qnash kelmaydi.
Chorak final o‘yinlari 23-24 avgust va 13-14 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
“Lokomotiv” chorak finalning dastlabki uchrashuvini 23 avgust kuni safarda o‘tkazsa, javob uchrashuvi 13 sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
OChL, chorak final
"Al-Ayn" (BAA) — "Lokomotiv" (O‘zbekiston)
"Al-Jayish" (Qatar) — "An-Nasr" (BAA)
"Shanxay SIPG" (Xitoy) — "Chonbuk Motors" (Janubiy Koreya)
"Seul" (Janubiy Koreya) — "Shandong Luneng" (Xitoy)
Manba: Tribuna.uz