Kanadadagi universitet hujumlarni to‘xtatishlari uchun xakerlarga 20 ming dollar to‘ladi

Jahon 15:36 / 09.06.2016 3092

Kanadaning Kalgari universiteti  xodimlar va talabalarga tegishli ma'lumotlarni yo‘qotishdan qo‘rqib, korporativ pochtani ochib kirgan xakerlarga 20 ming dollar tovon puli to‘ladi. Bu haqida Toronto Star gazetasi xabar qildi. 

Kalgari universiteti tizimiga may oyining oxiridan boshlab xakerlar hujum qila boshlashdi va buning natijasida talabalar hamda oliy o‘quv yurtining xodimlari korporativ pochtaga kirolmay qolishdi.

Gazeta bergan ma'lumotlarga ko‘ra, noma'lum shaxslar universitet tarmog‘idagi kompyuterlarni blokka tushirishdi, uni faqat xakerlarning o‘zidan kod so‘rab qayta ochish mumkin bo‘lar edi. 

Universitet xodimlari Kalgaridagi xakerlarga 20 ming dollar pul to‘lab, o‘z tarmoqlariga qayta kirish imkonini qo‘lga kiritishga umid qilishmoqda. Matbuot relizida oliy o‘quv muassasasi vakillari hujum izolyatsiya qilingani hamda shaxsiy ma'lumotlar tarqalmaganini ta'kidlashdi. 

Universitet vitse-prezidenti Linda Dalgettining so‘zlariga ko‘ra, muassasa ma'muriyati to‘lovni amalga oshirishni istamagan bo‘lsada, ilmiy ma'lumotlarning yo‘qolish xavfi muhimroq deb topildi.

"Biz - tadqiqot universiteti, har kuni dunyo miqyosidagi ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanamiz, shu bois aynan kim bundan jabr ko‘rishini bilmaymiz. Biz kimdir butun hayoti davomida mehnat qilib, uning mahsulini yo‘qotishini aslo istamaymiz", - degan Kalgari universiteti vitse-prezidenti Linda Dalgetti.

Ko‘proq yangiliklar: