Germaniya terma jamoasi himoyachisi Jyerom Boateng o‘z rafiqasi va farzandlariga Yevro-2016 o‘yinlariga tushishni taqiqladi. Bunga Fransiyada teraktlar sodir etilishi xavfi mavjud ekani sabab bo‘lgan.
"Har bir inson o‘zi uchun tanlov amalga oshiradi. Men o‘zim uchun buni qildim. Mening oilam, rafiqam va bolalarim stadionga kelishmaydi. Tavakkal qilish o‘rni emas. Bunday muammo qarshisida qolish juda og‘riqli. Lekin keyingi vaqtlarda ro‘y bergan ko‘plab hodisalar bu borada jiddiy o‘ylab ko‘rishga majbur qiladi. Men stadiondaligimda faqat o‘yin haqida o‘ylashni istayman va mening oilam stadionda bo‘lmasa, to‘la xavfsiz sharoitda bo‘lsa, men o‘zimni nisbatan xotirjamroq sezaman", deya Boatengning so‘zlarini keltiradi R-Sport nashri.
Manba: tribuna.uz