Fransiya sudi Uber kompaniyasiga 800 ming yevro jarima belgiladi

Jahon 23:06 / 09.06.2016 3009

Taksi onlayn buyurtmasi bo‘yicha xizmatlarni taqdim etuvchi Uber kompaniyasi Fransiyada 800 ming yevro miqdorida jamrimaga tortildi. Bu haqda Parij sudi ma'lumotlari asosida AFP agentligi xabar bermoqda.

Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida kompaniyaning Fransiyadagi boshqarmasi boshlig‘i Tibo Samfal va kompaniyaning G‘arbiy Yevropadagi bo‘linmasi boshlig‘i Per-Dimitriy Gor-Kotilar ham jarimaga tortilishgan. Ularning har biriga 20 ming yevro va birgalikda 30 ming yevro miqdorida jarima belgilangan. Sud litsenziyasiz holatda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan noma'lum UberPop dasturini ham aniqlagan.

Uber yil boshida Fransiyada 1,2 mln yevro miqdorida jarimaga tortilgan edi. O‘shanda Fransiyadagi taksi tashkilotlari Amerika kompaniyasini narxlarni pasaytirishda va nosog‘lom raqobatni keltirib chiqarishda ayblab, ularga qarshi da'vo kiritgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: