Federer Sharapovaning diskvalifikatsiya qilinishini qo‘llab-quvvatladi

Sport 23:43 / 09.06.2016 4677

Shveytsariyalik tennischi Rojyer Federer rossiyalik tennischi Mariya Sharapovaning meldoniy iste'mol qilgani uchun 2 yilga diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berib, dopingga nisbatan umuman toqat qilmaslik siyosatiga amal qilishini ta'kidlab o‘tdi.  

"Sharapova istalgan odam kabi o‘zini himoya qilishga haqli. Biroq men toqat qilmaslik siyosatiga amal qilaman. Nima qabul qilayotganingga to‘liq ishonching bo‘lishi va uning oqibatlarini bilishing kerak. Aks holda jazoga tortilishing lozim. 10, 15 yoki 20 yillik qon tahlillari namunalarini qoidabuzarlarni nazorat qilish uchun saqlab qo‘yish kerak", deb aytdi Federer.

Mart oyi boshida Sharapova matbuot-anjumanida uning Australian Open musobaqasida meldoniyga topshirgan doping-namunasi ijobiy chiqqanini ma'lum qilgan. Xalqaro tennis federatsiyasi sportchini 12 martdan musobaqalardan chetlatgan.

Meldoniy 2016 yil 1 yanvardan taqiqlangan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: