Yer sayyorasi mo‘'jizasi: kimdir 3 soat, yana kimdir 20 soat ro‘za tutmoqda

Jamiyat 14:38 / 09.06.2016 64109

Ummon Sultonligida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashgan Vikan qishlog‘i mavjud. Bu yerning boshqa joylardan farqi shundaki, mahalliy aholi vakillari o‘zgacha kun tartibi bilan ro‘za tutishadi.

Qishloq Ummon poytaxti Maskat shahridan 150 km masofada, yetib borish ancha qiyin bo‘lgan hududda joylashgan.

Bu yerda quyosh kunduzgi soat 11:00 da chiqib, 14:30 da esa botadi. Shu sabab mahalliy odamlar Ramazon ro‘zasini 3,5 soat tutishadi xolos.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, Yer sayyorasining bir sutkada eng uzoq vaqt ro‘za tutayotgan aholi yashayotgan hududlari ham borki, ayrim joylarda bu vaqt ko‘rsatkichi, 20 soatgacha boradi.

Masalan, Norvegiyaning Toromso shahrida bir sutkada 18 soat ro‘za bo‘lsa, AQShning Alyaska shtatida 22 soatdan oshiqroq vaqtga cho‘ziladi. Rossiyaning ayrim hududlari, jumladan, Sankt-Peterburgda ham ro‘za vaqti 20 soatdan oshiqroqdir.

O‘zbekistonda bir sutkada tutilayotgan ro‘za vaqti 16 soatdan oshiroq vaqt davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: