YeI va Turkiya "birga-bir" tartibi bo‘yicha 449 nafar qochqinni almashdi

Jahon 17:44 / 09.06.2016 5210

YeI va Turkiya 17-18 martdagi sammitda erishilgan kelishuvga ko‘ra, 449 nafar qochqinni "birga-bir" tartibida almashgan. Bu haqda Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yevrokomissiya rasmiy vakili Mina Andreyeva ma'lum qilgan.

"449 nafar muhojir Gretsiyadan Turkiyaga topshirilgan. Shuncha nafar suriyalik muhojir Turkiyadan YeIga o‘tgan", - deb aytgan Andreyeva. 

Rasmiy Bryussel va Ankara o‘rtasida mart oyida erishilgan bitimga ko‘ra, YeI Turkiyaga noqonuniy muhojirlarni qaytarish evaziga suriyalik qochqinlarni qabul qiladi. YeI yetakchilarining fikricha, bu muhojirlarni noqonuniy tashish bilan shug‘ullanuvchi guruhlar faoliyatiga chek qo‘yishi kerak. Ular Egey dengizi orqali odamlarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, muhojirlarni tashish bilan shug‘ullanishmoqda. 

Siyosatchilarning aytishicha, muhojirlar ham shu bilan Yevropaga noqonuniy yo‘llar bilan kirib olishga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi hamda Turkiya hududining o‘zida Yevropa boshpanasini olish imkoniyatidan foydalanishadi.

Ko‘proq yangiliklar: