«Liverpul»ning sobiq futbolchisi 31 yoshida faoliyatini yakunladi

Sport 16:31 / 09.06.2016 4064

«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Daniel Agger o‘z faoliyatini yakunlash haqida e'lon qildi. Bu haqda u o‘z tvitterida ma'lum qilgan.

«Men o‘zimni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bu qarorni qabul qilish og‘ir, ammo shunday qilish to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblayman. Men futbolchi bo‘lganimdan g‘ururlanaman», – deya yozgan u.

Daniyalik ushbu futbolchining 31 yoshida futboldan ketishiga sog‘lig‘idagi muammolar sabab bo‘ldi.

Agger 9 mavsum davomida, 2004 yildan 2015 yilgacha «Liverpul» himoya chizig‘ida harakat qilgan, 156 uchrashuvda mersisaydliklar jamoasi raqiblari darvozasini 9 marta ishg‘ol qilgan. Keyinroq u Daniyaning «Brondbyu» jamoasi safiga o‘tgandi. U Daniya terma jamoasi safida 84 uchrashuv o‘tkazgan, terma jamoaning turli miqyosdagi o‘yinlarida 8ta gol urgan va jamoa sardori bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: