"Bayyer"ning sobiq bosh murabbiyi 44 yoshda vafot etdi

Sport 14:31 / 09.06.2016 4475

"Bayyer"ning sobiq bosh murabbiyi Sasha Levandovski 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda focus.de xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, Levandovski Boxum shahridagi uyida jonsiz holda topilgan.

Ayni vaqtda uning o‘limi sabablari o‘rganilmoqda.

Levandovskining oxirgi ish joyi bundesliganing ikkinchi divizioni vakili "Union Berlin" bo‘lgandi. U mart oyida jamoani tark etgandi. O‘shanda unga "hissiyotga beriluvchanlik sindromi" tashxisi qo‘yilgandi.

Levandovski uzov vaqt davomida "Bayyer" jamoasi yoshlari bilan ishlagan. U 2012 yilda Sami Hyuyupya bilan birgalikda leverkuzenliklarning asosiy jamoasida ish olib borgan. Keyingi mavsumda u yana jamoa yoshlar bilan ishlashga o‘tgan.

2014 yili Hyuyupya lavozimidan ketkazilgach, Levandovski uning o‘rniga 3 oy davomida jamoani boshqarib turgandi.

Ko‘proq yangiliklar: