Istanbul shahrining markaziy tumanlaridan biri Veznejilerda avtobus bekati yaqinida portlash sodir bo‘ldi.
CNN Turk ma'lumotiga ko‘ra, portlash natijasida 5 kishi jarohatlangan.
Terakt maqsadi politsiyachilar avtobusi bo‘lgan.
Ayni vaqtda hududga shifokorlar va maxsus xizmatlar xodimlari yetib kelishgan.
Keyingi vaqtlarda Istanbulda sodir bo‘layotgan terrorchilik aktlari soni ko‘paydi. May oyida teraktlar amalga oshirilgandi. O‘shanda bomba Moltepa tumanida, osma yo‘l tagida portladi. Undan bir necha kun esa, sakkiz kishi jarohatlanishiga olib kelgan terakt yuz berdi.
Bu teraktlar uchun Kurdiston ishchilar partiyasi javobgarlikni zimmasiga olgan.