Tibetda 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 22 may kuni tongida Xitoy Xalq Respublikasi tarkibidagi Tibet muxtor hududida 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Xitoy seysmologiya markazi ma'lumotiga asoslanib RIA Novosti xabar qildi.
Yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 9:48 (Toshkent vaqti bilan 6:48)da Shigadze shaharchasi Tingdjye uyezdida qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Xitoy seysmologiya markaziga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 10:05da ushbu uyezdda 5,3 magnitudali aftershok qayd etilgan. Uning o‘chog‘i olti kilometr chuqurlikda joylashgan.
Qurbonlar yoki vayrongarchilik to‘g‘risida hozircha ma'lumot berilmagan.
Mavzuga oid

11:45 / 07.01.2025
Tibetda kuchli zilzila: yuzdan ortiq kishi halok bo‘lgan

17:54 / 29.12.2024
Xitoy Tibet janubida dunyodagi eng yirik GESni qurmoqchi. Aholi, Hindiston va ekologlar qarshi

18:45 / 26.12.2024
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyasini quradi

00:41 / 06.12.2024