O‘zMTDP: Yoshlar aksiyasi doirasida hashar tashkil etdi

Jamiyat 09:55 / 10.05.2016 7581

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi  Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti  Kengashining “Yoshlar qanoti”  tomonidani “Yurtim tarixini o‘rganaman” shiori ostida “Tarixdan sado berguvchi obod go‘shalar” nomli yoshlar aksiyasini o‘tkazdi.

Aktsiya Jizzax vohasining “Ilon o‘tdi” darasida joylashgan “Amir Temur darvozasi” yaqinida ushbu partiyaning rasmiy nomi  “O’zMTDP” yozilgan belgini obodonlashtirish bilan o‘tkazildi.  Aktsiyada O‘zMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti raisi va xodimlari, O‘zMTDP Jizzax shahar hamda G‘allaorol tuman partiya tashkiloti “Yoshlar qanoti” qoshidagi “Yosh siyosiy bilimdonlar” klubi a'zolari, partiya a'zolari hamda Jizzax Davlat pedagogika instituti talabalari ishtirok etishdi.

-Ma'naviyatimizni yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz, an'a­nalarimiz hamda ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch, osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan bir davrda, hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan xalq hasharlari istiqlol davrida yangicha ma'no-mazmunga ega bo‘lib, yoshlarimiz tomonidan yaxshi qabul qilinmoqda, – deydi  O‘zMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti  Kengashi raisi G‘ayrat Qodirov. Hasharda ishtirok etgan yoshlar qiyin holatlarga ham duch kelishdi.

Jumladan, belgilangan joyga yetib borish uchun suvdan kechib o‘tgan ishtirokchilar, qo‘lni-qo‘lga berib “Kuch birlikda” shioriga amal qilishib yakunda ko‘zlangan maqsadga erishishdi.

Buni hattoki jajji hashar ishtirokchisining yuzidan ham bilib olish mumkin.

Jizzaxdan «Kun.uz» muxbiri Akmal Binokulov

Ko‘proq yangiliklar: