Braziliyalik futbolchi mashg‘ulot vaqtida yurak xurujiga uchrab vafot etdi

Sport 22:06 / 09.05.2016 6619

Braziliyaning D Seriyasida ishtirok etuvchi «Friburgense» jamoasi a'zosi bo‘lgan Bernardo Ribeyroda mashg‘ulot vaqtida yurak xuruji qayd etilgan va u shifoxonaga ketish yo‘lida jon bergan.

26 yoshli bu futbolchi mashg‘ulotlar vaqtida o‘zini yomon his qila boshlagan va shifokor yordamiga ehtiyoj tug‘ilgan. Shifoxonaga borish yo‘lida Ribeyroning yuragi urishdan to‘xtagan. Bu ma'lumot marhum futbolchining rafiqasi tomonidan feysbuk orqali e'lon qilingan.

Bundan oldinroq, Buxarestning «Dinamo» jamoasida o‘ynagan kamerunlik legioner Patrik Ekeng o‘yin vaqtida yerga qulab hushidan ketgani, ko‘p o‘tmasdan shifoxonaga yeta olmasdan vafot etgani ma'lum bo‘lgandi.

Shuningdek, 8 may kuni Kamerunda «Femina Stars» nomli ayollar futbol jamoasi darvozaboni mashg‘ulotlar vaqtida hushini yo‘qotgach olamdan o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: