Boris Jonson: Kemeron hukumati YeIdagi islohotlardan hech narsaga erisha olmadi

Jahon 21:53 / 09.05.2016 3483

London shahrining sobiq meri Boris Jonson Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi masalasida o‘tkaziladigan referendum bo‘yicha keskin chiqish qildi.

Uning chiqishi Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning YeIda qolishga chorlab qilgan nutqiga javob sifatida qabul qilindi.

U o‘z nutqida Devid Kemeron hukumatini mamlakatning YeIga a'zo bo‘lishdan hech qanday naf ololmaganida sababchi sifatida ayblagan. U shunday ekan, nega Kemeron ham Britaniyaning YeIdan chiqish tashabbusiga qo‘shilmayotganidan ajablangan.

Sobiq merning hisoblashicha, bosh vazir YeIdagilar unga va'da qilgan islohotlarga erisha olmadi va shuning uchun uning hukumati Britaniyaning YeIdan chiqishini qo‘llab-quvvatlashi" kerak.

Jonson o‘zining ta'nali nutqida "YeI hech qanday o‘zgarishlar keltirmagani", shunda ham "Yevropa nomi ostida yagona davlat qurishga harakat davom etayotgani"ni qayd etgan.

U Kemeronning "Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi Yevropaning tinchligiga tahdid solishi mumkinligi"haqidagi tashvishiga javoban "Yevropadagi xavfsizlikka YeI emas, NATO javobgar" ekanini aytgan.

Jonson YeIni "italyan mafiyasi"ga qiyoslagan va Britaniya hukumatining "YeIda qolish maqsadida aholidan yashirincha konstitutsiyaon o‘zgarishlar qilish maqsadidagi hiylalari"dan ogohlantirgan.

Bundan oldinroq, Londonning yangi meri Sodiq Xon leyborist bo‘lsada YeIga munosabatda konservator Kemeron bilan hamfikr ekanini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: