Bloomberg: Rossiya va Britaniyada daromadga eng past soliqlar o‘rnatilgan

Iqtisodiyot 22:02 / 09.05.2016 6140

Rossiya va Buyuk Britaniya kompaniyalarga dunyoning yetakchi iqtisodiyotlari orasida eng past korporativ soliq (kompaniyalarning daromadlaridan olinadigan soliq) stavkalari taqdim qilmoqda.

Bunday ma'lumotlar auditor va konsalting firmalari tarmog‘i UHY tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotda keltirilgan, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi. 

Kompaniya soliqqa tortiluvchi 1 mln dollarlik daromadga qo‘yilgan soliq stavkalarini tahlil qilib chiqdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyadagi kompaniyalar daromaddan 20 foizlik soliq to‘laydi, Buyuk Britaniyada esa bu soliq 21 foizni tashkil qiladi.     

Bu orada "katta yettilik" davlatlaridagi korporativ soliq ko‘rsatkichi 32 foizni, UHY taqiqotiga kiritilgan 31 ta davlatda esa o‘rtacha 27 foizni tashkil qiladi.

Avvalroq Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn korporativ soliqni mamlakatdagi "eng barbod qiluvchi va unumsiz soliqlardan biri" deb atagandi hamda bu soliqni 2020 yilgacha 17 foizgacha tushirishni rejalashtirayotganini e'lon qilgandi. Vazir Britaniyadagi soliq stavkalarini dunyodagi eng kichik stavkalarga aylashtirishga intilishini ta'kidlab o‘tgandi.

Oxirgi ikki yilda 6 ta davlat korporativ soliqlarni tushirdi va faqat 2 davlat – Isroil va Hindistongina uni oshirgan.

Ko‘proq yangiliklar: