Pokistonning Karachi shahridagi restoranda granata portlatildi

Jahon 21:00 / 08.05.2016 7032

Pokistonning Karachi shahridagi restoranlardan birida granata portlatilishi oqibatida 12 kishi jarohat oldi. Xitoyning "Sinxua" axborot agentligining xabar berishicha, jarohatlanganlar orasida 3 bola bor.  

Jarohatlanganlardan kamida 2 nafarining ahvoli juda og‘ir. Politsiyaning aniqlashicha, ikki kimsa restoranga mototsiklda yaqinlashib, unga granata uloqtirib, qochib ketgan.

Ayni vaqtda mamlakatdagi birorta ekstremistik guruh ushbu bosqinchilik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Ko‘proq yangiliklar: