Vostochniy kosmodromidan uchirilgan sun'iy yo‘ldosh aloqaga chiqmadi 

Jahon 23:00 / 04.05.2016 5183

Rossiyada qurilgan Vostochniy kosmodromidan amalga oshirilgan birinchi parvoz doirasida fazoga ko‘tarilgan SamSat-218 nanoyo‘ldoshi aloqa chiqmayapti. Ko‘rinishicha, yo‘ldosh orbitaga chiqqandan keyin yoqilmagan. Bu haqda TASS xabar bergan.
 

Soha mutasaddilarining fikricha, apparat orbitaga chiqarilganidan so‘ng yoqilmagan.

4 may, chorshanba kuni maxsus yig‘ilishda sun'iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatishga urinish yoki uni yo‘qotilgan deb tan olish xususida bir qarorga kelinadi.

Ko‘proq yangiliklar: