Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan krossfit bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda ko‘ngilli yoshlar ishtirok etdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Krossfit gimnastika, og‘ir va yengil atletika elementlarini o‘zida jamlagan zamonaviy sport turidir. Musobaqa uch bosqichda o‘tkazildi. Yoshlar har bir bosqichda besh shart asosida o‘zaro bellashdi.
– Musobaqada birinchi o‘rinni egalladim, – deydi Komil Burhonov. – Bunday bellashuvlar biz, yoshlarning yanada sog‘lom, barkamol bo‘lib voyaga yetishimizga yordam beradi, o‘zimizga ishonchimizni oshiradi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.