Pentagon Lockheed Martin bilan F-35 samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha shartnoma imzoladi

Jahon 12:30 / 04.05.2016 2921

Amerika mudofaa ma'muriyati Lockheed Martin kompaniyasi bilan yana 13 dona  beshinchi avlod qiruvchi-bombardimonchi samolyoti F-35 Lightning II ni yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha shartnoma imzoladi, deb xabar qilmoqda Defense News.

Asosiy shartnomaga muvofiq, kompaniya dengiz piyoda qo‘shinlari uchun 6 dona F-35B, harbiy havo kuchlari uchun 3 ta F-35A hamda harbiy dengiz kuchlariga 4 dona F-35C samolyotini yetkazib berishi kerak. Bitim 2019 yil oxiriga qadar to‘liq bajarilishi lozim. 

Bundan avval, Lockheed Martin’ning 2015 yildagi savdosi 46,1 mlrd dollarni tashkil etgani xabar qilingan edi. 2014 yilda esa bu raqam 45,6 mlrd dollardan iborat bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: