Yaqin kelajakda Niderlandiyada dunyodagi birinchi shamol turbinasi tizimi bilan harakatlanuvchi attraksionlar bog‘i paydo bo‘ladi. Bunday loyihani mahalliy Qurrent energiya kompaniyasi dizaynerlik g‘oyalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan Jora Entertainment firmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqmoqda. Loyihaga binoan, shamol generatorlari ajoyib attraksionlar uchun asos bo‘ladi. Loyihada minora atrofi shamol turbinasi bilan o‘ralgan dunyodagi eng baland spiralli suv attraksionining maketi mavjud.
Bundan tashqari, asablarini sinovdan o‘tkazishni xush ko‘ruvchilar aql bovar qilmaydigan tezlikdagi shamol tegirmonlarida o‘tirib ko‘rishlari va “Nyuton dahshati” deb nomlanuvchi erkin qulash minorasida uchishlari mumkin. Minora 95 metr balandlikdan 1.5 soniya ichida pastga tushadi. Bunda inson o‘zini huddi osmono‘par binodan pastga qulagandek his etadi.
Shuningdek, loyiha mualliflari boshni aylantirib yuboruvchi “Amerika” tog‘liklarini ham qurishni rejalashtirishgan.
Qurrent kompaniyasining qayd etishicha, ular yaratayotgan yangi loyiha energiya manbalaridan qayta tiklanishda foydalaniladigan birinchi ko‘ngilochar bog‘ bo‘lmasligi mumkin, biroq ularning fikricha, shamol generatorlarining o‘zi attraksionga aylanadi.